UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Халқаро ҳамкорлик

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari D.Adilov Koreyaning NCND Consulting & Development kompaniyasi Prezidenti Gibum Hong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi

Bugun shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari D.Adilov Koreyaning NCND Consulting & Development kompaniyasi Prezidenti Gibum Hong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. 

Delegatsiya tarkibida  HAEAHN Architecture (Koreya), REANDA Consulting Limited (Xong Kong), 2UP Unicorn-up Holdings Limited (Koreya), ZTO Co., Ltd. (Koreya), TMSC (Koreya) va SNZ Arabia (BAA) kabi nufuzli  kompaniyalar rahbarlari ham bor.  
NCND Consulting & Development kompaniyasi Prezidenti Gibum Hong Yangi Toshkent loyihasi doirasida quriladigan tibbiyot klasterining barpo etilishida  Koreyaning eng ilgʻor tajribasini qoʻllagan holda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganligini maʼlum qildi. 

Ushbu kompaniya faqat tibbiyot klasterini qurish bilan cheklanib qolmasdan, balki Yangi Toshkent loyihasi doirasida turar-joy komplekslariga ham investitsiya kiritishni rejalashtirayotgani taʼkidlandi.

Ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolangandan soʻng  HAEAHN Architecture kompaniyasi prezidenti Harris Lim Yangi Toshkent loyihasi doirasida quriladigan Tibbiyot klasterining Master rejasini ishlab chiqishga kirishishini maʼlum qildi. 

Uchrashuv yakunida “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi va NCND Consulting & Development kompaniyasi oʻrtasida keyingi hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab beruvchi ikki tomonlama anglashuv memorandumini ishlab chiqish va yaqin kunlarda imzolashga kelishib olindi.