UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining CSCEC korporatsiyasining Iqtisodiy masalalar boʻyicha Bosh maslahatchisi Gao Chengying boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) korporatsiyasining Iqtisodiy masalalar boʻyicha Bosh maslahatchisi Gao Chengying boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Tadbirda delegatsiya rahbari korporatsiya toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu tashkilot koʻplab xalqaro reytinglarda eng yuqori oʻrinlarni egallab keladi  va eng yaxshi 250 ta global qurilish pudratchilari orasida 1-oʻringa sazovor boʻlgan. 

Shuningdek, korporatsiya dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlari va mintaqalarida faoliyat yuritadi. Biznes yoʻnalishlariga esa koʻchmas mulkka investitsiyalar, uy-joy, infratuzilma, tijorat koʻchmas mulk qurilishi va yangi sohalar, xususan, yashil qurilish, energiya tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi loyihalash va ilmiy tadqiqot ishlari kiradi.

Korporatsiya vakili Yin Jie  Yangi Toshkent loyihasida ishtirok etish boʻyicha oʻz rejalari, oʻrganishlar natijalarining konsepsiyasini taqdimot qildi.

Uchrashuv yakunida Yangi Toshkent loyihasi doirasida ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalarida China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) kompaniyasining ishtiroki yuzasidan hamkorlikda ishlash, investitsiya loyihalariga DXSH asosida investitsiya kiritish imkoniyatlarini koʻrib chiqishga kelishib olindi.