Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining Uy-joy qurilishi, shahar va qishloqlarni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Qin Haixiang boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Ma'lumki, Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlari ildizi bir necha ming yillik tarixga borib taqaladi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik munosabatlar jadal va barqaror tus oldi. Ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari natijasida barcha darajadagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda.
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining Uy-joy qurilishi, shahar va qishloqlarni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Qin Haixiang boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida ta'kidlanganidek, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat rahbarlarining o‘zaro bordi- keldilarida, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarida yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda. Xususan, ikki mamlakat oʻrtasida 2022-yilda imzolangan idoralararo memorandumdan soʻng hamkorlik aloqalari yanada taraqqiy etdi. Bu yo'ldagi istiqbolli rejalarni amalga oshirish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasining Uy-joy qurilishi, shahar va qishloqlarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlashtirish va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʻyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti oʻrtasida 2023-yilda imzolangan hamkorlik memorandumi ana shunday samarali hamkorlikning yorqin misolidir.
Muzokaralar davomida shuningdek, renovatsiya loyihalarini amalga oshirishda Xitoy tajribasini oʻrganish va xitoylik ekspertlarni mazkur loyihalarda konsultant sifatida jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.





