UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Abdurahimovna aholi murojaatlarini joyiga chiqib oʻrgandi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Abdurahimovna aholi murojaatlarini joyiga chiqib oʻrgandi. Xususan, Mirzo Ulugʻbek tumani “Oqqoʻrgʻon” mahallasida yashovchi aholi oʻzlariga xizmat koʻrsatib kelayotgan boshqaruv kompaniyadan chiqib, oʻz-oʻzini boshqarish usulini tanlamoqchiligini bildirishgan. Masala joyida oʻrganilganida, ushbu murojaat qilib kelgan toʻrt nafar fuqaro va ikki qavatli uyda yashovchi boshqa qoʻni-qoʻshnilar ham majburiy badal pullarini yillar davomida toʻlamay kelganligi aniqlandi. Natijada BSK ushbu uylarga xizmat koʻrsatishga moliyaviy imkoniyati boʻlmagan. Qolaversa, mazkur ikki qavatli uylarning qurilganiga 70 yildan ortiq vaqt oʻtgan. Bu oʻz-oʻzidan obyektni saqlab turish xarajatlarining oshishiga olib keladi.  Vazir oʻrinbosari masalani atroflicha oʻrganib chiqdi va BSK masʼullariga tegishli koʻrsatmalar berdi. Muammolarni bartaraf qilish boʻyicha aniq vaqt belgilandi.