UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva aholining issiqlik ta’minoti bilan bogʻliq murojaatiga asosan Chilonzor tumanida boʻldi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva aholining issiqlik ta’minoti bilan bogʻliq murojaatiga asosan Chilonzor tumani 7-mavzeda boʻldi. 

Mazkur mavzedagi 50 ta koʻp qavatli uylarga hududda tashkil etilgan 1-sonli kogeneratsion issiqlik-elektr markazi orqali issiqlik energiyasi yetkazilib beriladi. 

Toshkent shahrida kuzatilgan sovuq ob-havo sharoitida gaz bosimining pasayishi koʻp qavatli uylarning issiqlik ta’minotiga salbiy ta’sir oʻtkazgan. 

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Jo’rayev hamda hokimlik mas’ullari holatni joyiga chiqqan holda oʻrgandilar. Issiqlik-elektr markazining barcha uskunalari soz holatda. 

Hozirda gaz bosimi koʻtarildi va koʻp kvartirali uylarga issiqlik energiyasi belgilangan tartibda uzatilmoqda. 

Ozoda Joʻrayeva mazkur hududdagi koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatuvchi “Bogʻiston” BSK faoliyatini ham koʻzdan kechirdi. Aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash, boshqaruv tashkiloti binosini zarur talablar asosida saqlash boʻyicha topshiriqlar belgilandi.