UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva boshchiligidagi mas’ullar Raqamli texnologiyalar vazirligi mutasaddilari, shuningdek, xususiy sektor vakillari bilan uchrashdilar

Koʻp qavatli uylarning tashqi qiyofasi uning ichki texnik sozligi kabi muhim jihat hisoblanadi. Zero, har bir inson koʻrganda koʻzni quvontiradigan, tartibli maskanlarda istiqomat qilishni istaydi. Bugungi internet texnologiyalari rivojlangan davrda, ayniqsa, poytaxt kesimida hech bir xonadonni wifi aloqa vositalarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Zamonaviy texnologiyalar bozorida esa oʻz xizmatlarini taklif qilayotgan internet provayderlari ham yetarlicha. Ammo internet kabellarini ulashdagi tartibsizliklar koʻp qavatli uylarning tashqi qiyofasiga salbiy ta’sir oʻtkazib, ularga xizmat koʻrsatishda ham qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Shu ma’noda bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva boshchiligidagi mas’ullar Raqamli texnologiyalar vazirligi mutasaddilari bilan hamkorlikda mamlakatimizda faoliyatini olib borayotgan barcha internet provayderlari, shuningdek, xususiy sektor vakillari bilan uchrashdilar. 

Unda respublikada mavjud 41 mingga yaqin koʻp qavatli uylarda internet kabellarini tegishli shaharsozlik norma va qoidalari asosida qayta koʻrib chiqish, uylarning fasad qismini tartibga keltirish, tadbirkorlarning belgilangan qoidalarga amal qilishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ba’zi tadbirkorlik subyektlarining  tomlarga internet tarqatuvchi qutilarni joylashtirishda binoni oʻzboshimchalik bilan teshish holatlari, qulflarni buzishga uringanligi qat’iy tanqid ostiga olindi.

Uchrashuvda ikki oy muddatda ko'p qavatli uylarning fasad qismi ko'rinishini buzayotgan kabellarni tartibga keltirish, maxsus qutilarni belgilangan tartib asosida joylashtirishga kelishildi. Shuningdek, vazir o'rinbosari internet provayderlari faoliyatida duch kelinayotgan muammolarga ham quloq tutdi. O'zaro hamkorlik asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni oldini olish bo'yicha zaruriy choralar ko'rilishi belgilandi.