UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva jismoniy va yuridik shaxslar qabulida kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda oʻrganishda davom etmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva jismoniy va yuridik shaxslar qabulida kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda oʻrganishda davom etmoqda. 

Bugungi manzil - Toshkent shahri Yashnobod tumani Shohsanam koʻchasi 62-son uy boʻldi

Mazkur uy 2019-yil “Trassa servis quruvchiMChJ tomonidan qurib, foydalanishga topshirilgan. Ammo ta’kidlanishicha, uyning lift qurilmasi tez-tez buziladi. Shuningdek, sugʻorishdan chiqqan suvlar koʻp qavatli uyning yertoʻla qismiga sizib kirish holati mavjud. Bu esa aholiga qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. 

Ozoda Joʻrayeva va bir necha mutasaddi tashkilotlar vakillari mazkur vaziyatni joyiga chiqqan holda oʻrgandilar. Birgalikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. 

Quruvchi tashkilot mas’ullariga mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholiga xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Mazkur jarayon shaxsan vazir oʻrinbosari tomonidan nazorat qilinishi ta’kidlandi.

.