UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva poytaxtimizning Yashnobod tumanida boʻlib, aholi murojaatini o'rgangan edi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva poytaxtimizning Yashnobod tumanida boʻlib, aholi murojaatini o'rgangan edi. 

O'rganishlar davomida tumandagi 47 ta koʻp kvartirali uyga xizmat koʻrsatuvchi “Integral servis” BSKning "Cho'lpon" mahallasidagi faoliyati tanqid qilinib, muammolarni bartaraf etish bo'yicha aniq muddat berilgan edi. 

Hozirda boshqaruv tashkiloti tomonida ko'p kvartirali uylarning fasad qismini ta'mirlash, yerto'ladagi mavjud muammolarni bartaraf etish, tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. 

Shu bilan birga hududda mulkdorlarning debitor qarzdorligini so'ndirish yuzasidan targ'ibot-tashviqot ishlari boshlab yuborildi.