UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Эълонлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva va boshqa mutasaddilar ishtirokida onlayn qabul boʻlib oʻtadi

Siz koʻp qavatli uyda yashaysizmi, unda biz Sizni eshitishga tayyormiz! 

Endilikda uy-joylarga xizmat koʻrsatish sohasiga oid muammo, taklif va murojaatlaringizga uydan chiqmagan holda yechim topishingiz mumkin!

Ertaga, 9-oktabr kuni soat 15:00 da poytaxtimizning Sergeli tumani aholisi uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva va boshqa mutasaddilar ishtirokida onlayn qabul boʻlib oʻtadi. 
 
Qabul vazirlikning feysbukdagi rasmiy sahifasida jonli uzatib boriladi. Izohlarda siz tomondan yoʻllangan har bir xabar inobatga olinadi.  

Agar koʻp qavatli uyda yashasangiz bu Siz uchun yaxshi imkoniyat, oʻtkazib yubormang!

Feysbukdagi rasmiy sahifamiz uchun havola 
https://www.facebook.com/minstroyuz