Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva va boshqa mutasaddilar ishtirokida onlayn qabul boʻlib oʻtdi
Murojaatlaringiz yechimida Sizga yanada yaqinmiz!
Xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan joylarda onlayn qabullar tashkil etilib, aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda.
Bugun Yangihayot tumani hokimligida bo’lib o’tgan jonli muloqotda ham vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshchiligidagi mutasaddilar, xususan, suv, issiqlik, gaz, elektr energiyasi ta’minoti, sohada nazorat olib boruvchi inspektorlar hamda ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari ishtirok etdi.
Ochiq va o’zaro konstruktiv muloqot jarayonida yangihayotlik aholi vakilarining 50 ga yaqin murojaatlari qabul qilinib, jarayondayoq ijobiy yechim berildi.
Ta’kidlash lozimki, bunday tadbirlar poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.






