UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi

Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi. Ishchi guruhining dastlabki manzili Termiz tumanidagi “Yangiobod” MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi boʻldi. 

Vazir oʻrinbosari hududni koʻzdan kechirish  davomida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni koʻrsatib oʻtdi. Shuningdek, obyekt masʼullariga qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish hamda binolarni oʻz vaqtida, sifatli topshirish zarurligi yana bir karra tushuntirildi.