Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi
Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi. Maqsad davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari hamda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirishdir. Xususan, oʻrganishlar davomida viloyatning Fargʻona tumanida 5 000 nafar aholi uchun moʻjjallangan koʻp qavatli turar joy massivida amalga oshirilayotgan ishlar va yoʻl qoʻyilayotgan ayrim kamchiliklar tahliliy-tanqidiy koʻrib chiqildi.
Maʼlumot uchun, hududda 1-bosqichda 10 ta 293 xonadonli uy-joylar, 3 ta ijtimoiy soha obyektlari, "Yangi Oʻzbekiston" bogʻini barpo etish rejalashtirilgan. Hozirda 6 ta 192 xonadonli uy-joylar, 2 ta MTT, 1 ta maktab, 1 ta poliklinika, suv inshooti, elektr uzatish markazi (podstansiya)da qurilish ishlari olib borildi.



Vazir oʻrinbosari T.Alimatov Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi “Yangi asr” MFYda qurilayotgan massivdagi har bir jarayonni diqqat bilan koʻzdan kechirdi. Obyektda qilingan ishlar qatori ayrim kamchilik va muammolar ham yaqqol koʻzga tashlanadi. Masalan, inshoot terassasining beton qismiga namgarchilikdan himoya qiluvchi temir listlar oʻrnatilmagan. Boz ustiga bino poydevorini sifatli gidroizolyatsiya qilish boʻyicha ham belgilangan normalarga muvofiq ishlar tashkil etilmagan. Taʼkidlash kerakki, hududi 20,6 gektar, shundan 7,6 gektari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi boʻlgan loyiha doirasida jami 30 ta 5, 7 qavatli 1227 xonadonli koʻp qavatli uylar, 5,5 ga yer maydonida esa ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlarini tashkil etish koʻzda tutilgan.




