UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi

Sifat va muddatda xato qilishga haqqimiz yoʻq!

Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Qoraqalpogʻiston  Respublikasida boʻlib turibdi. Ilk manzil Chimboy tumani boʻldi. 

“Guliston” MFY hududida yangi umumtaʼlim maktabini qurish ishlari boshlab yuborilgan. Ammo obyekt ayrim kamchilik va xatoliklardan holi emas. 330 oʻrinli muassasa qurilishini bitkazish shu yilning 15-dekabriga belgilangan. Vazir oʻrinbosari qurilishdagi kamchiliklarni keskin tanqid qilar ekan, bu borada sifat va muddat birlamchi masala ekanligini mutasaddilarga yana bir bor eslatdi. Vazir oʻrinbosarining tahliliy oʻrganish ishlari davom etmoqda.


Qoraqalpogʻistonda ijtimoiy soha obyektlarining qurilish jarayoni oʻrganilmoqda. Xususan, vazir oʻrinbosari T.Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Chimboy tumani “Shohtemir” MFYda rekonstruksiya qilinayotgan 41-umumtaʼlim maktabini ham eʼtibordan chetda qoldirmadi. 

Qoʻshimcha 180 oʻrinli bino qurilayotgan muassasada belgilangan talab va meʼyorlarga amal qilinyapti deb boʻlmaydi. “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DM buyurtmachiligida olib borilayotgan qurilish ishlarini shu yilning 30-oktabrida toʻliq tugatib, foydalanishga topshirish reja qilingan. 

Ammo ishlarni toʻgʻri tashkil qilishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilgani bois muddat kechikmoqda. Vazir oʻrinbosari T. Alimatov ana shu jihatlar haqida fikr yuritar ekan, obyektda qurilish madaniyatiga amal qilinmayotgani va tozalikka eʼtibor qaratilmayotganidan norozi ekanligini bildirdi. Bu borada masʼullarni ogohlantirib, tegishli koʻrsatmalar berdi.