Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Surxondaryoda bo‘lib turibdi
2024-02-23
Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Surxondaryoda bo‘lib turibdi.
Termiz shahridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi binosida boʻlib oʻtayotgan sayyor qabulda sohaga oid turli masalalar boʻyicha fuqarolarning murojaatlari tinglanmoqda.
Xususan, viloyat aholisining ko’p kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va boshqarish yuzasidan muammo va takliflari tinglanib, qurilish sohasiga doir masalalari atroflicha muhokama etilmoqda.




