Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Xitoy Xalq Respublikasining qurilish sohasidagi yirik pudratchi tashkiloti China CAMC Engeenering Co.,Ltd. kompaniyasi prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining qurilish sohasidagi yirik putratchi tashkiloti China CAMC Engeenering Co.,Ltd. kompaniyasi prezidenti janob Li Xaysin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Xususan, Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasini barpo etishning bugungi bosqichi ko'rib chiqildi.
Kompaniya prezidenti janob Li Xaysin Toshkent shahrida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi loyihasi katta ahamiyatga ega loyiha ekanligini taʼkidlab, uni oʻz vaqtida hamda sifatli topshirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotganligini ma'lum qildi. Vazir oʻrinbosari ushbu majmuada ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini hisobga olib, alohida situatsion markaz qurish taklifini ilgari surdi. Kompaniya mas'ullari mazkur masalani ekspertlar darajasida koʻrib chiqishni ta'kidladilar.
Uchrashuvda Yangi Toshkent loyihasi doirasida “Ijodkorlar hududi” ning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu kompaniyaning ilgʻor tajribasi ham koʻrib chiqildi.
Konstruktiv va qiziqarli ruhda oʻtgan uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo'yicha bor imkoniyatdan unumli foydalanishga kelishib oldilar.