UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi binosida vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar uchun muntazam ravishda qabul oʻtkazilib kelinadi

Uy-joy va kommunal xizmatlar sohasidagi muammolarning oldini olish, aholi murojaatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish dolzarb masala hisoblanadi. Shu bois haftaning juma kunlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi binosida vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar uchun muntazam ravishda qabul oʻtkazilib kelinadi.  
 
Bugun oʻtkazilgan qabulda ham poytaxtimizning deyarli barcha tumanlaridan kelgan aholi vakillarining koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish tashkilotlari faoliyati, noqonuniy qurilmalar,  uyning texnik holati, billing tizimi bilan bogʻliq 10 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Xususan, Mirobod tumani Gospitalniy koʻchasi 2-son uyning yertoʻlasi shirkat tomonidan aholi roziligisiz tadbirkorga sotib yuborilganligi yuzasidan murojaat qayd etilib, mazkur holat joyiga chiqqan holda oʻrganiladigan boʻldi.  
 
Ozoda Joʻrayeva aholining umumiy mulki hisoblangan obyektlarda noqonuniy qurilmalar barpo etayotganlarni keskin tanqid ostiga oldi.  
 
-Koʻp kvartirali uylar barpo etilayotganda har bir jihat e’tiborga olinadi. U xoh bolalar oʻyingohi boʻlsin, xoh ichki muhandislik tarmoqlari. Bir kishining oʻzboshimchalik bilan amalga oshirgan ishi, afsuski, butun uy uchun ta’sir etmay qolmaydi,- dedi Ozoda Joʻrayeva. 
 
Bugungi qabul qilingan 10 dan ortiq murojaatning 6 tasi bartaraf etildi. 4 ta murojaat joyiga chiqqan holda oʻrganilib, yechim topishga kelishib olindi.