Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Tianjin Urban Construction Group Holding va Tianjin Haihe Design Group kompaniyalari oʻrtasida memorandum imzolandi
2024-10-15
Bugun Xitoyning Tianszin shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Tianjin Urban Construction Group Holding va Tianjin Haihe Design Group kompaniyalari oʻrtasida memorandum imzolandi.
Mazkur hujjatga muvofiq tomonlar hamkorligi quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi.
Jumladan:
- qurilish sohasida yoʻnalishlar kesimida huquqiy va texnik tartibga solish va meʼyoriy hujjatlar boʻyicha oʻzaro tajriba almashish;
- tegishli sohalar boʻyicha mutaxassis kadrlarni muddatli oʻqitish va malaka oshirishlarini yoʻlga qoʻyish;
- ilmiy-texnik masalalarni muhokama qilish uchun oʻquv dasturlari, konferensiyalar, simpozium va uchrashuvlarni tashkil qilish;
- muayyan (pilot) qurilish obyekti loyihalarini oʻzaro hamkorlik asosida amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish;
- shaharsozlik norma va qoidalarini takomillashtirishda hamkorlik qilish;
- shaharsozlik norma va qoidalarini uygʻunlashtirgan holda yangi normativ bazani shakllantirish kabi yo‘nalishlarda manfaatli aloqalar yoʻlga qoʻyilmoqda.