Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi tomonidan “Issiqlik taʼminoti billing tizimi” ishga tushirildi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi tomonidan “Issiqlik taʼminoti billing tizimi” ishga tushirildi.
Mazkur tizim issiqlik energiyasini yetkazib berish va uning sarfini elektron nazorat qilishni nazarda tutadi.
Unda issiqlik taʼminotiga ulangan isteʼmolchilar elektron bazasi shakllantirilgan boʻlib, ushbu maʼlumotlar notarial idoralar, kadastr, Ichki ishlar, davlat xizmatlari, toʻlov tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilingan. Bu esa tizim funksionalligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, toʻlov tizimlari orqali uyingizdan turib, issiqlik taʼminoti uchun onlayn toʻlov qilishingiz mumkin.
Bugungi kunga kelib tizimdan respublika boʻylab 22 ta issiqlik taʼminoti tashkiloti hamda 191 404 nafar isteʼmolchi foydalanib kelmoqda.