Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A.Qoʻldоshev Farg‘ona viloyati masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi 151-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish va ijrosini taʼminlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A.Qoʻldоshev Farg‘ona viloyati masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tadbirda Qurilish va uy-jou kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, “Yagona buyurtmachi xizmati” , "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish" Respublika markazi va uning hududiy boshqarmalari mutaxassislari, pudrat va loyiha tashkilotlari hamda boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. Muloqotda mutaxassislarni sertifikatlash jarayoni haqida so'z bordi. Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.





