UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A.Qoʻldоshev Sirdaryo viloyati masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish va ijrosini taʼminlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A.Qoʻldоshev Sirdaryo viloyati masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ushbu uchrashuvda “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK, Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazining hududiy boshqarmasi mutaxassislari, pudrat tashkilotlari, loyiha tashkilotlari hamda Boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirok etib, mutaxassislarni sertifikatlash jarayoni yuzasidan maʼlumotga ega boʻlishdi. Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.