UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti masʼullari kuni kecha Yevropa delegatsiyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi.

Unda Yevropa ittifoqi davlatlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida shaharsozlik normalari va standartlarini takomillashtirish, bunga malakali ekspertlarni jalb qilish, jumladan, Yevrokodlarni Oʻzbekiston normalari bilan uygʻunlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya vakillari tomonidan mavjud grant loyihalar  yuzasidan ishtirokchilarga maʼlumot berilib, kelgusida hamkorlikda mazkur loyihalarni birga amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.