UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mazkur holatni oʻrganib quyidagilarni maʼlum qiladi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax shahrida joylashgan qurilishlarning birida fuqaro hech qanday texnika qoidalariga amal qilmasdan tepalikka chiqqani” aks etgan video tarqaldi. 

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mazkur holatni oʻrganib quyidagilarni maʼlum qiladi. 

Holat Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Qahramon” MFY hududidagi 9 qavatli turar joy binosi qurilishida roʻy bergan.  Turar joy binosi buyurtmachi-pudratchi tashkilot  “ISHTIXON BUILDING” MCHJga tegishli boʻlib, obyektga Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi  sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berilgan. Bugungi kunda qurilish-montaj ishlari ustidan inspeksiya tomonidan nazorat ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan  buyurtmachining texnik nazoratchisi, mualliflik nazorati va ichki nazorat xodimlariga qatʼiy ogohlantirish berildi va  obyektda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan koʻrsatmalar taqdim qilinib, ijrosi nazoratga olindi.