Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi (MUNOSABAT)
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida joylashgan "Beshyogʼoch" dehqon bozori buzilib, uning oʼrnida yirik biznes markazi quriladi", - degan xabar tarqaldi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi ushbu maʼlumotni mutlaqo haqiqatga toʼgʼri kelmasligini maʼlum qiladi. Gap shundaki, endilikda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan barcha qurilishlarga tasdiqlangan Bosh rejaga muvofiq ruxsat beriladi. Poytaxt Bosh rejasiga koʼra ushbu rennovatsiya hududida 9 qavatgacha bino qurilishi belgilangan. Hozirda mazkur hududda "yirik biznes markazi"ning qurilishiga oid ruxsatnoma yoki Arxitektura rejalashtirish topshirigʼi mavjud emas.