UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (MUNOSABAT)

 

Kuni kecha  “Komporuz” telegram kanalida eʼlon qilingan 9-may munosabati bilan xodimlarni mukofotlash boʻyicha norozilik ifoda etilgan xabar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Joriy yilning 7-may kuni Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasiga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 3-may kungi "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Markaziy apparat rahbar va xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi 5/76-son buyrugʻi kelib tushgan. 

Mazkur buyruqning 2-bandida hamda viloyat Bosh boshqarmasi, hududiy boʻlimlarining 2023-2025-yillar uchun jamoa shartnomasi 6.2.2-bandida ish beruvchi moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda bayram kunlari xodimlarni mukofotlashi mumkinligi belgilab qoʻyilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda 7-may kuni Bosh boshqarma xodimlarining yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Yigʻilishda  koʻrsatilgan davlat xizmatlaridan tushgan pul mablagʻlari hisobidan joriy yilning may oyi yakuni boʻyicha mukofot pullari toʻlab berilishi bo'yicha qaror qabul qilingan.