UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (MUNOSABAT)

“Мысли в слух”  telegram kanali orqali Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Murojaatlar bilan ishlash va dispetcherlik xizmati faoliyati bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi va unga koʻra quyidagilar aniqlandi:

Joriy yilning 3-iyun sanasida fuqaro Chernikov Maksim Vasilyevichdan Prezident virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga 2 ta 126892-r/24, 128066-r/24-sonli murojaatlari kelib tushgan.

Murojaatlar oʻrnatilgan tartibda vazirlikka qabul qilinib, tegishliligi boʻyicha ijro etish uchun masʼullarga kiritilgan.

1)  126892-r/24-sonli murojaat masʼullar tomonidan 12-iyun sanasida ijro etilib, fuqaroning yashash manzili boʻyicha yagona milliy tizim UZPOST orqali yuborilgan.
Shuningdek, 126892-r/24-sonli murojaat javob xatini pm.gov.uz axborot tizimi (javob xatini yuklash yacheykasi)ga yuklash jarayonida adashilib, texnik ehtiyotsizlik tufayli 128066-r/24-sonli murojaatga biriktirib yuborilgani, portal masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinganligi aniqlandi (tartib boʻyicha portal masʼul xodimi xatolik aniqlaganda murojaatni javob xatini qabul qilmasdan qayta ijro etishga yuboradi).

Videorolikdan soʻng tartibga koʻra ushbu murojaat oʻrnatilgan tartibda qayta ijroga olinib, muddati ochilib, tegishli javob xati biriktirib qo'yilgan.

2)  128066-r/24-conli murojaati masʼullar tomonidan 20-iyun sanasida bajarilib, fuqaroning yashash manzili boʻyicha yagona milliy tizim UZPOST orqali yuborilgan.

Yuqorida koʻrsatilgan ehtiyotsizlik holati boʻyicha Boʻlim boshligʻi bilan tegishli suhbat olib borilib, mazkur holat qaytarilmasligi yuzasidan xodimlar orasida tegishli ishlarni olib borish ishlari tushuntirildi.

Maʼlumot uchun, boʻlim tomonidan haftaning har dushanba kunlari Prezident virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan 500-550 ta murojaatning har bittasi oʻqib, oʻrganib chiqiladi, shundan soʻng bajarish uchun qabul qilinadi yoki tegishliligi boʻyicha yuborilishi uchun portalga qaytariladi.