UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va tizim tashkilotlari mutaxassislari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha mashgʻulotlar doimiy oʻtkazib kelinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-421-son qarori ijrosini taʼminlash hamda vazirlik xodimlari o'rtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va tizim tashkilotlari mutaxassislari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha mashgʻulotlar doimiy oʻtkazib kelinmoqda.

 Bundan koʻzlangan maqsad futbol boʻyicha oʻtkazilishi rejalashtirilgan "Rahbar kubogi" musobaqasiga munosib tayyorgarlik koʻrishdan iborat. Xususan, bu kabi tadbirlar xodimlarning salomatligini mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.