UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xôjaligi vazirligida haftaning juma kunlari vazir òrinbosari Ozoda Jórayeva tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib kelinadi

 Murojaatlar bilan ishlash tizimi ayniqsa, uy-joy kommunal xizmat kórsatish sohasida tòğri yólga qóyilgan bòlishi kerak. Bunda tezkorlik, aniqlik, xolislik muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda, aholining birlamchi ehtiyojlari bilan boğliq sohada muammolar chuqur ildiz otib boraveradi. 

Shu ma’noda Qurilish va uy-joy kommunal xôjaligi vazirligida haftaning juma kunlari vazir òrinbosari Ozoda Jórayeva tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib kelinadi. 

Bugungi tadbirda ham poytaxtimizning bir necha tumanlaridan aholi vakillarining sohaga doir murojaat, muammo va takliflari qabul qilindi. 

Xususan, boshqaruv tashkilotlari faoliyati bilan boğliq murojaatlar, billing tizimi, kòp qavatli uylarga xizmat kòrsatish uslubini ôzgartirish, noqonuniy qurilmalar, kòp kvartirali uylarni saqlashda aholining dahldorligini oshirish kabi 10 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi

Ozoda Jórayeva mazkur murojaatlarning aksariyati yuzasidan aholiga huquqiy tushunchalar berdi. Boshqaruv tashkilotlari bilan boğliq masalalar joyida mas’ullar jalb etilgan holda bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Aholi muammolariga yechim topishda tezkorlik va sifat birlamchi bòlishi muhimligi ta’kidlandi.