UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida idoralararo ishchi guruhi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida idoralararo ishchi guruhi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda qurilish va kommunal xizmatlar sohasidagi bir qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, bugungi global iqlim oʻzgarishi sharoitida “yashil qurilish” standartlarini joriy etish, binolar va inshootlarni loyihalashda iqlimga moslashuv va energiya samaradorligiga eʼtibor qaratish, seysmik barqarorlikni baholash kabi muhim yoʻnalishlarga toʻxtalib oʻtildi.

Shu bilan birga muhandislik tarmoqlarini rivojlantirish, kommunal xizmatlarning sifati va shaffofligini oshirish, tariflar haqida aholini vaqtida va toʻliq xabardor qilish mexanizmlari, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi masalalar ham diqqat markazida boʻldi.

Yigʻilishda idoralar oʻrtasida maʼlumot almashinuvini kuchaytirish, muvofiqlashtirilgan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va sohani yanada isloh qilish yuzasidan takliflar bildirildi. Eng muhimi, mazkur yoʻnalishlarda amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish uchun aniq chora-tadbirlar va vazifalarni qamrab olgan yoʻl xaritasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.