Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy va kommunal sohalarga oid murojaatlari yuzasidan rahbariyat qabuli boʻlib oʻtdi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy va kommunal sohalarga oid murojaatlari yuzasidan rahbariyat qabuli boʻlib oʻtdi.
Unda vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva poytaxtimizning bir qator tumanlaridan kelgan aholining sohaga oid murojaatlarini qabul qildi. Xususan, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkiloti faoliyatidan norozilik, uni oʻzgartirish boʻyicha takliflar qabul qilindi.
- Biz murojaatingiz boʻyicha sizga xizmat koʻrsatadigan boshqaruv tashkilot faoliyatini oʻrganishga hamisha tayyormiz. Ammo sizlar ham aholi orasida ularning majburiyatlarini tushuntirishingiz lozim. Belgilangan badalni toʻlamay turib, samarali ish talab qilib bo‘lmaydi,- dedi vazir oʻrinbosari.
Qabul davomida 10 ga yaqin qabul qilingan murojaatlardan 3 tasi joyiga chiqqan holda oʻrganilishi ta’kidlandi.
Qolgan murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan qabul davomida tegishli choralar ko’rildi.




