UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Osiyo infratuzilma va investitsiyalar banki (AIIB)  delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Osiyo infratuzilma va investitsiyalar banki (AIIB)  delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Unda vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva va AIIB bosh direktori Xiaohang Yang hamda ikki tomon vakillari ishtirok etdi.

AIIB — infratuzilma va barqaror rivojlanish sohasidagi yirik xalqaro moliya tashkiloti boʻlib, 2015-yilda tashkil etilgan. Shtab-kvartirasi Xitoyning Pekin shahrida joylashgan. 100 dan ortiq davlat aʼzoligiga ega boʻlgan bank transport, energetika, suv taʼminoti va kanalizatsiya, shahar infratuzilmasi hamda ekologik toza texnologiyalar yoʻnalishlarida yirik loyihalarni moliyalashtiradi. Oʻzbekiston 2019-yilda AIIBga aʼzo boʻlgan.

Uchrashuvda Buxoro viloyatida qiymati 633 million AQSH dollariga teng ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini tubdan yaxshilash loyihasi, suv resurslarini muhofaza qilishga oid hujjatlarni takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma loyihalarini rivojlantirish, shuningdek, issiqlik taʼminoti tizimini yaxshilash masalalari muhokama etildi.

“Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida kommunal xizmatlar sohasini modernizatsiya qilish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda Osiyo infratuzilma va investitsiyalar banki bilan hamkorlikni rivojlantirish biz uchun alohida ahamiyatga ega”, — dedi vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva.