Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari onlayn muloqot boʻlib oʻtdi
Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari, loyihachilar, kommunal xoʻjaligi vakillari, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun zoom platfotmasi orqali onlayn muloqot boʻlib oʻtmoqda.
Vazirlik mas'ullari 30 nafardan ortiq tadbirkorlarning masalalarini ko‘rib chiqmoqdalar.
Albatta har bir savol joyida chuqur tahlil qilib, uning yechimi borasida mutasaddilar oʻz taklif va mulohazalarini bildirishmoqda.


Muloqotda ishtirok etayotgan 30 dan ortiq qurilish-pudrat tashkilotlari vakillaridan yoʻllanayotgan muammolar turlicha.
Masalan, Termiz shahridan murojaat qilgan tadbirkorni koʻp qavatli uy qurilishida yer maydoni bilan bogʻliq masalalar qiynamoqda. Yana bir tadbirkor reyting, hujjatlar ekspertizasi jarayonida uchrayotgan qiyinchiliklari haqida oʻz muammolarini yashirmadi.
Eng muhimi yigʻilishda hammasi ochiq oydin aytilmoqda. Mavjud vaziyat oʻrtaga tashlanib, uning yechimlari yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinmoqda.



