UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir o'rinbosari D.Adilov ishtirokida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir o'rinbosari D.Adilov ishtirokida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Unda mazkur Farmon ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar, vazirlik tizimida 2024-yil davomida budjet mablag‘larini maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan amalga oshirilgan monitoring va nazorat ishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, hisob palatasi masʼul xodimlari Farmonning mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar yuzasidan batafsil tushunchalar berdi. Vazirlik ichki audit boʻlimi tomonidan tizimda budjet mablagʻlarining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan amalga oshirilgan monitoring va nazorat ishlari boʻyicha hisobot taqdim etildi.

Yig'ilish davomida 2025-yilda amalga oshiriladigan monitoring va nazorat ishlari hamda budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.