Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir o'rinbosari Davronjon Adilov hamda Jahon bankining Xalqaro Moliya korporatsiyasi vakili Nil Makkeyn uchrashishdi
2024-05-16
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir o'rinbosari Davronjon Adilov hamda Jahon bankining Xalqaro Moliya korporatsiyasi vakili Nil Makkeyn uchrashishdi.
Sohadagi islohotlar va kelgusidagi maqsad, rejalar haqida fikr almashilgach, tomonlar oʻrtasida “Oʻzbekistonda binolar uchun toza energiya” loyihasi boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu shartnoma doirasida quyidagi yoʻnalishlarda kelishuvga erishildi:
- SHNQ 2.07.05-19 “Yashil qurilish.Turar-joy va jamoat binolari" (SHNQ)ni xalqaro talablar asosida takomillashtirish;
- binolarda energiya audit tizimini tashkil qilishda xalqaro tajribani joriy etish;
- yashil binolar loyihalari boʻyicha meʼyoriy-huquqiy bazani xalqaro standartlar bilan uygʻunlashgan holda ishlab chiqish;
- bino va inshootlarda energiya samaradorligi yuzasidan seminar-treninglar tashkil qilish;
- “Yashil” binolardan foydalanuvchilar uchun imtiyozlar tizimini yaratish kabilardir.