UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Маслаҳат-Кенгаши томонидан амалга оширилган ишлар

Qurilish vazirligida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni yaratish masalalari boʻyicha Maslahat – kengashi” organi faoliyatini yoʻlga qoʻyildi

     “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni yaratish masalalari boʻyicha Maslahat – kengashi” organi faoliyatini yoʻlga qoʻyildi.

     Sohada taʼlim olayotgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularning oʻz intilish va qobiliyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, qolaversa sohada samarali mehnat qilayotgan ayollarni davlat boshqaruvida ishtirokini oshirish maqsadida tizimdagi faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ularni turli rahbarlik lavozimlariga tayyorlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etilmoqda.

     Qurilish vazirligi va uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarning imkoniyatlari tizimdagi erkaklar bilan bir qatorga qoʻyilgan boʻlib, hech qanday cheklov yoki kamsitilishlarga yoʻl qoʻyilmaydi, salohiyati, malakasi va qobiliyati yetgan har qanday soha vakilasi oʻzi intilgan marraga yetishi uchun qoʻllab-quvvatlab kelinmoqda.

     Oʻzbekistonda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda oʻz oʻrnini topa olgan, muvaffaqiyatli ayollarning hayot tajribasini ommalashtirish, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarga psixologik yordam koʻrsatish maqsadida Qurilish vazirligi tegishli tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik qilishga tayyor va bu borada bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

     Bu oʻrinda oʻrnak boʻla oladigan, xotin-qizlarimizga motivatsiya bera oladigan, muvofaqiyatga erishgan ayol-qizlarimiz talaygina. Ayni shu maqsadda bunday ayollar bilan yosh avlod vakillarini tanishtirib kelinmoqda.