UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilishda raqamlashtirish: Xitoyning ilg'or kompaniyalari bilan samarali hamkorlik

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatovning  Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi samarali amaliy hamkorlik uchrashuvlariga boy tarzda o‘tmoqda. Xususan, vazirning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Shenchjen shahrining Longgang tumanidagi aqlli shaharning situatsion markaziga tashrif buyurdi. 

Markazda shaharni raqamlashtirish, jonli efirda shaharning asosiy ko'rsatkichlarini ko'rish va boshqarish kabi ishlar bilan tanishildi. Vazirning birinchi o'rinbosari respublikada barpo etilayotgan yangi shaharlar markazlarini raqamlashtirishga doir tajribalarni o'rganish bo'yicha bir qancha takliflarni ilgari surdi.  

Hamkorlik uchrashuvlari Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri - Huawei kompaniyasining shtab kvartirasiga tashrif bilan davom etdi. Vazirlik delegatsiyasi kompaniyaning vitse-prezidenti Shi Zhenyu tomonidan kutib olindi hamda aqlli shaharlar, virtual boshqaruv servislari, kommunal tizimni raqamlashtirishga oid yechimlar bilan tanishtirildi. 

Shuningdek, "Yangi Toshkent" shahrini raqamlashtirishda eng ilg'or takliflar taqdimoti bo'lib o'tdi. Suv va issiqlik ta'minoti tizimlarida tarmoqlarni jonli ravishda masofadan boshqarish va monitoringini olib borish kabi yechimlar yuzasidan ham taqdimot o'tkazildi.

Tadbirlar yakunida vazirlik va kompaniya o'rtasida o'zaro hamkorlikni o'rnatishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga asosan respublikada barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasini raqamlashtirishda Huawei yechimlari tadbiq etiladi va bu o'z o'rnida kompaniyaning ilg'or yangiliklarini tajribada o'rganish imkonini beradi. Ta'kidlash joiz, yechimlar amaliyotga muvaffaqiyatli tadbiq etilsa, "Yangi Toshkent" loyihasini amalga oshirishda va bunda kommunal sohani raqamlashtirishda ham mazkur memorandumga asosan ish olib boriladi.