Rahbariyat qabuli
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida aholining kommunal sohaga oid murojaatlari yuzasidan navbatdagi rahbariyat qabuli bo'lib o'tdi. Vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva tomonidan o'tkazilgan tadbirda 5 nafar jismoniy va 2 nafar yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi. Jumladan, tadbirkorlik subyektlari va ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari o'rtasidagi munosabatlar, shirkatlar faoliyatidan norozilik, ko'p qavatli uylarning yerto'la qismida amalga oshirilayotgan noqonuniy qurilmalar bilan bog'liq muammolarni hal etish yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi. Joyiga chiqqan holda o'rganish talab etiladigan masalalar bo'yicha aniq muddat belgilandi. Ozoda Joʻrayeva koʻp qavatli uylarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotganlar, ularning aholi oldidagi majburiyatlariga toʻxtaldi.
Ko'p qavatli uylarning yerto'la qismlarida tadbirkorlik faoliyatining yo'lga qo'yilishi, avvalo, o'sha uyning ekspluatatsiyaga ijobiy ta'sir o'tkazadi. Ammo tadbirkorlar belgilangan tartibdan chetga chiqishi mumkin emas. Eng birinchi navbatda aholining qulay yashash sharoiti ta'minlanmog'i darkor ,- dedi vazir o'rinbosari.
Qabulda kelib tushgan barcha murojaatlar ijrosi shaxsan vazir o'rinbosari nazoratida bo'lishi alohida ta'kidlandi.