UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Rasmiy munosabat

Lift uskunalarining xavfsizligi, yaroqlilik muddati to‘liq o‘tilishi,  baxtsiz hodisalarning oldini olish, avvalo, servis xizmat ko‘rsatish sifatiga bog‘liq.
Ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarini saqlash O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Vazirlar Mahkamasining “2021-2027-yillarda Respublikadagi ko‘p kvartirali uylarning lift uskunalarini ta’mirlash va yangilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan respublikadagi ma’nan eskirgan liftlar bosqichma-bosqich yangilanib kelinmoqda. Yuqoridagi qonun hujjatlarga asosan, liftlarning ekspluatatsiya muddati 25 yil etib belgilangan. 

Lift uskunalariga servis xizmat ko‘rsatish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining maxsus ruxsatnomasi olinishi shart. Maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan servis ko‘rsatuvchi tashkilot bilan boshqaruv organlari o‘rtasida shartnoma imzolanadi. Ushbu shartnomaga asosan servis tashkiloti liftlarni doimiy xavfsizligini ta’minlab, har oylik ko‘rikdan o‘tkazib boradi.  Servis ko‘rsatuvchi tashkilotlarga to‘lanadigan mablag‘ ushbu uyda yashovchi mulkdorlarning majburiy badal mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Fuqarolardan lift uskunasini saqlash uchun qo‘shimcha mablag‘lar yig‘ilishiga esa yo‘l qo‘yilmaydi .
Lift uskunasiga yetkazilgan zarar qonunda belgilanganidek, agar mulkdor yoki u bilan birga yashovchi shaxslar boshqa mulkdorlarning mol-mulkiga yoxud umumiy mol-mulkka zarar yetkazgan bo‘lsa, ular yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shartligi belgilangan.