Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.
Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida barpo etilgan mazkur zamonaviy innovatsion majmuada 365 million dollardan ortiq toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar evaziga 16 ta ishlab chiqarish maydoni joylashgan.
Gruziya Bosh vaziriga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, shu jumladan, maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, liftlar, suv nasoslari, sanoat konditsionerlari, sovutish uskunalari, lift va boshqalar namoyish etildi.