Respublika Ishchi guruhi tomonidan ommaviy sayyor qabul davom etmoqda
Xabar berganimizdek, 12-16-may kunlari Xorazm viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan ommaviy sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Xiva shahridagi viloyat Pedagogika mahorat maktabi binosida ham Xiva shahri va Xiva, Yangiariq tumanlaridan kelgan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda hududlardagi qurilish, kommunal soha bo’yicha aholini qiynayotgan murojaatlar ham tinglandi.
Har bir murojaatchining masalasi viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi mas’ullari tomonidan nazoratga olindi. Soha mas’ullariga esa muammolarni hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.