Respublikadagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida faoliyat olib borayotgan boshqaruv organlari uchun tashkil etilgan seminar-trening start oldi.
Navoiy shahri Ma’naviyat va ma’rifat markazida o’tkazilayotgan tadbirni Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva kirish nutqi bilan ochib bermoqda.
- Hurmatli Prezidentimizning sohaga bo‘lgan alohida e’tiborlari tufayli tizimda ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Buning asnosida respublikadagi ko‘p kvartirali uylarda yashovchi aholining yashash sharoitlari oldingi yillarga qaraganda ancha yaxshilandi. Bugun sohadagi yangiliklar, islohotlar mazmun-mohiyati, oldimizda turgan dolzarb vazifalar tahliliga bag‘ishlangan tadbir oldidan ta’kidlashim lozimki, mazkur yutuqlarda sizning muhim o‘rningiz bor, - dedi Ozoda Jo’rayeva.
Shuningdek, vazir o’rinbosari so’nggi yillarda sohada erishilgan bir qator yutuqlarni ta’kidlab o’tdi.
Xususan, tadbirda Navoiy viloyatidan soha mutasaddilari hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A’zamiddin Qo’ldoshev ham so‘z olib, boshqaruv tashkilotlariga sohani takomillashtirishga doir o‘z tavsiyalarini berib o‘tdilar.






