UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Respublikamizning barcha hududlarida ko’p kvartirali uylarni sovuq mavsumga tayyorlash choralari ko’rilmoqda

 Yoz mavsumi ko’p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashning muhim pallasi hisoblanadi. Shu ma’noda respublikamizning barcha hududlarida ko’p kvartirali uylarni sovuq mavsumga tayyorlash choralari ko’rilmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Obidjon Mo‘minov boshchiligidagi mas’ullardan iborat maxsus guruh Toshkent viloyatida mazkur jarayonning borishi bilan tanishdi. 

Toshkent viloyatda jami 5 033 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo’lib, mazkur uylar 165 080 ta xonadondan iborat. Ushbu uylarga 93 ta boshqaruv servis kompaniyasi hamda 12 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Joriy yilda 28 mlrd so‘m mablag‘lar hisobiga 215 ta uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqilgan bo’lib, bunda 154 ta uyning tom qismi, 336 ta kirish yo‘laklari, 97 kv.m framuga oynalari, 296 ta elektr taqsimlovchi shit, 28 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 68 ta uyning yerto‘la qismi, 216 ta temir eshik, 153 ta fasad va 641 ta energotejamkor lampalar o‘rnatish belgilangan.

O’rganish jarayonida BSKlarning 1,4 mlrd so‘m mablag‘lari evaziga 116 ta uylarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani aniqlandi. 

Jumladan, 9 ta uyning tom qismi, 60 ta kirish yo‘laklari, 102 ta temir eshik, 46 kv.m framuga oynalari, 96 ta elektr shit, 3 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 13 ta uyning yerto‘la qismi, 12 ta uyning fasad qismlari hamda 297 ta  energotejamkor lampalar o‘rnatilgan va ta’mirlangan.

Mas’ullar ish jarayonini tashkil etishda sifat va samaradorlikka erishish bo’yicha tegishli tavsiyalarni berib o’tdilar.