UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Reyting ballari qanday hisoblanadi?

Reytinglarni hisoblash tizimi tegishli vazirlik va idoralarning maʼlumotlariga asosan shakllantiriladi. Jumladan, Davlat soliq qoʼmitasi, Davlat statistika agentligi, Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoʼl harakati xavfsizligi departamentining elektron tizimi orqali olingan maʼlumotlariga asosan “inson omili” siz interpoliattsiya usulida shakllantiriladi.

Bunda ishtirokchi tashkilotning ish tajribasi, xodimlari, jumladan, qurilish sohasida malakali mutaxassislari soni, asosiy texnik vositalar hajmi hamda daromadlar, qolaversa, toʼlangan soliqlar va ish haqi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar asosida shakillantiriladi. Shuningdek, qurilishi yakunlangan va ishga tushgan obyektlar soni alohida ahamiyatga ega.

Shu oʼrinda qayd etish kerakki, reyting tizimining amaliyotga  joriy etilishidan asosiy maqsad loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʼrtasida halol raqobat muhitini yaratishdan iborat.