UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Romitan tumanida "Aslon Islom qurilish" boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari tomonidan "Zarafshon" MFY hududidagi joylashgan ko‘p kvartirali uylarning fasad qismi hamda kirish yo‘laklarida joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi

Hududlarda kuz-qish mavsumiga  tayyorgarlik ishlari yanada faol olib borilmoqda.  Jumladan, Romitan tumanida "Aslon Islom qurilish" boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari tomonidan "Zarafshon" MFY hududidagi Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning fasad qismi hamda kirish yo‘laklarida joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Shuningdek, Jondor tumanidagi "Sardorbek Shahzod BSK servis" boshqaruv kompaniyasi xodimlari tomonidan hududdagi ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, sport o‘yinlari bilan shug‘ullanishlari uchun uylarga yondosh bo‘lgan o‘yin maydonchalarini tartibga keltirish ishlari yakuniga yetkazildi. 

Endilikda uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida berilgan topshiriqlarga asosan kirish yo‘laklari va tomlarni joriy ta’mirlash ishlari ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda.