Samarqand davlat arxitektura-qurilish unversitetida ochiq muloqot o’tkazishdi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalar yuzasidan kuni kecha vazirlik mutasaddilari Samarqand davlat arxitektura-qurilish unversitetida ochiq muloqot o’tkazishdi.
Ushbu uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Jumladan,
a) shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni takomillashtirish masalalari va xalqaro standartlarni hamkorlikda ishlab chiqish;
b) bino va inshootlarni texnik holatini zamonaviy asbob - uskunalar yordamida koʻrikdan oʻtkazish va baholash;
c) energoaudit va energosamaradorligi yoʻnalishida oʻzaro tajriba almashish;
d) qurilishda yangi ilmiy tadqiqot yechimlarini va texnologiyalarini tatbiq etish;
e) ilmiy – tadqiqot ishlarining yakuniy natijalari asosida metodik qoʻllanmalar, tavsiyanomalar ishlab chiqish va meʼyoriy hujjatlarga tatbiq etish;
f) taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish uchun hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa turdosh tadbirlarni oʻtkazish;
g) loyihalashtirish ishlarini sifatini oshirishda ilgʻor texnika va texnologiyalarni, shuningdek, zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish;
h) yangi texnologiyalar, materiallar, konstruksiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
Shuningdek, birgalikda imzolangan memorandum asosida hamkorlikdagi vazifalar yanada takomillashtirishga kelishib olindi.




