UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Samarqand shahri “Qorasuv” massividagi jami 130 ta uylarga bugungi kunda “Nur sharq tess” BSK tomonidan xizmat ko’rsatib kelinadi

Samarqand shahri “Qorasuv” massividagi jami 130 ta uylarga bugungi kunda “Nur sharq tess” BSK tomonidan xizmat ko’rsatib kelinadi.

2021-yil faoliyatini boshlagan kompaniya bugungi kunda 80 nafardan ortiq ishchi-xodimlarga ega. 

Boshqaruv organi ko’p qavatli uylarning yerto’la qismlarida tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib keladi. Tibbiyot va go’zallik maskanlari, o’quv kurslari, tikuv ustaxonalari aholiga qo’shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, kompaniya tomonidan mulkdorlarga 30 ga yaqin qo’shimcha servis xizmatlar ham taqdim qilib kelinadi.

Xavfsizlik, obodonlashtirish ishlari ham mazkur hududda yuqori mas’uliyat bilan olib boriladi.