Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi boshlig'i issiqlik qozonxonasi ish jarayonini o'rgandi
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi boshlig'i B.Negmatov Samarqand shahri Orzu Mahmudova ko'chasida joylashgan issiqlik qozonxonasi ish jarayonini o'rgandi. Yuzaga kelayotgan ayrim masalalar bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
O'rganish ishlari Samarqand shahridagi O'zbekiston ko'chasida joylashgan Issiqlik qozonxonasida va Sattepo maskani, “Guliston” MFY dagi issiqlik qozonxonasida ham davom etdi.
Boshqarma boshlig'i va soha mas’ullari shahardagi ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi "Bio Tex Service" boshqaruv servis kompaniyasida ham bo’ldilar. Samarqand viloyati boshqarmasi mutasaddilari Samarqand shahri Sattepo maskani "Guliston" MFY hududidagi issiqlik qozonxonasida o’rganish ishlarini olib bormoqda.
Shuningdek, mas’ullar hududdagi ko'p qavatli uyda yashovchi mulkdorlar bilan suhbatlashmoqda. Xonadonlarning harorati yaxshi holatdaligi ma'lum qilinmoqda.