Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi va shahar prokuraturasi bilan sanoat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi
Ko‘p qavatli uylarga sifatli xizmat ko‘rsatish aholining davlatdan rozi bo‘lib yashashini ta‘minlashga xizmat qiluvchi omillardan biri sanaladi. O‘z navbatida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun badallarni undirish ham muhim masala. Ma‘lumot o‘rnida aytish joizki, ayni paytda Samarqand viloyatidagi 2214 ta ko‘p qavatli uylarga 50 ga yaqin boshqaruv servis kompaniyalari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan xizmat ko’rsatib kelinmoqda.
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi va Samarqand viloyati va shahar prokuraturasi bilan birgalikda sanoat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirok etib, 40 ga yaqin sanoat korxonalari tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar va xizmatlar bilan tanishdilar.
Yarmarkada ishtirok etgan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi mas‘ullari, Samarqand shahar sektor rahbarlari sanoat korxonalari tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar bilan tanishdilar, mahsulotlarni arzon va xaridor uchun maqbul narxlarda yetkazib berish borasida ishlab chiqaruvchilarga qator tavsiyalar berildi.
Boshqaruv servis kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mahsulotlarni xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzildi.






