Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida sayyor qabul o‘tkazishdi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Azlarjon Sadikov hamda boshqa mas‘ullar Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida sayyor qabul o‘tkazishdi.
Qabulda koʻp kvartirali uy-joylarning kirish yo‘laklari, oqova suv tarmog’idagi kamchiliklar va shu kabi oʻz yechimini kutayotgan boshqa masalalar boʻyicha boshqaruv servis kompaniyalari va uy-joy mulkdorlari shirkatlarining murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida viloyatda kommunal masalalar bilan bogʻliq 10 dan ortiq murojaatlar qayd etilib, har bir masala inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari nazoratiga olindi.




