UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari viloyatda faoliyat yurituvchi boshqaruv servis kompaniya va uy-joy mulkdorlari shirkatlari vakillari bilan uchrashdilar

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Negmatov va boshqa mutasaddilar viloyatda faoliyat yurituvchi boshqaruv servis kompaniya va uy-joy mulkdorlari shirkatlari vakillari bilan uchrashdilar.   
 
Yig‘ilishda boshqaruv tashkilotlariga ko'p qavatli uylar atrofida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanishini oldini olish, bunda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Ekologiya va IIB inspektorlari bilan birgalikda jamoatchilik navbatchiligini tashkil qilish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, majburiy badal to'lovlaridan yuzaga kelgan debitor qarzdorlikni 2024-yilning 1-choragiga qadar mulkdorlardan to'liq undirish va oylik tushumi rejasini bajarilishini ta'minlash lozimligi ta'kidlandi. To'lovlarni to'liq "Mening uyim" billing tizimi orqali onlayn amalga oshirilishini ta'minlash bo'yicha vazifalar belgilab olindi.
 
Mutasaddilar boshqaruv tashkilotlarining sohani takomillashtirishga qaratilgan taklif va mulohazalarini qabul qilib, savollariga atroflicha javob berdilar.