Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ichimlik suvi inshootlarida isteʼmolchilarga yetkazilayotgan ichimlik suvini zararsizlantirish holati oʻrganilmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan monitoringlar davomida Urgut tuman tibbiyot birlashmasida yer ostidan olingan suv zararsizlantirilmasdan hamda ichimlik suvi sifati kafolatlanmagan holda foydalanilayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, jarayonda inshootning sanitariya muhofaza zonasi himoya devorlari bilan o'ralmagani va yer osti suvlaridan foydalanish bo'yicha ularda maxsus ruxsatnoma mavjud emasligi ma'lum bo'ldi.
Mazkur holat yuzasidan Inspeksiya tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi masʼuliga nisbatan MJTKning 72-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima choralari qo'llanildi.





